Olimlar odatda kimlar koronavirus qurboni bo‘layotganini aytishdi

Salomatlik

image
Koronavirus asosan kimlarga yuqyapti? north_east

Koronavirus asosan kimlarga yuqyapti?

Xitoylik shifokorlar koronavirus bilan kasallangan bemorlarning eng zaif guruhini aniqladilar. Ma’lum qilinishicha, ushbu guruhga kiruvchi odamlarning koronavirusdan vafot etish ehtimoli yuqoriroq.

Amerika pulmonologlar jamiyati jurnalida chop etilgan hisobotga ko‘ra, COVID-19 tarqalishining boshlang‘ich bosqichidagi o‘lim holatlarining aksariyati surunkali kasalliklarga chalingan, 50 yoshdan oshgan erkak bemorlarda bo‘lgan. Shuningdek, diabet, yurak-qon tomir yoki gipertoniya kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda ham o‘lim holati ko‘p uchragan.

Tadqiqot mualliflari Uxandagi ikkita shifoxonada 85 ta o‘limni o‘rganib chiqqandan so‘ng, ushbu xulosaga kelishdi. Ta’kidlanishicha, bemorlarning o‘rtacha yoshi 65,8 yoshni tashkil etdi, ularning 72,9% erkaklar hisoblanadi.

Koronavirus paytida eng ko‘p uchraydigan alomatlar orasida shifokorlar yuqori isitma (85 bemordan 78 tasida kuzatilgan), nafas qisilishi (60) va holsizlikni (50) aniqlashgan. Keyinchalik, ushbu kasallikning boshqa alomatlari bor ekanligi ham ma’lum qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha dunyoda 1 292 564 nafar odam koronavirus bilan kasallangan. Bemorlarning 271 013 nafari sog‘aygan, 70 798 nafar bemor esa vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Tadqiqot

Baholaganlar

803

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing