Tog‘alar jiyanini kaltaklab o‘ldirib qo‘ydi

Jamiyat

image

O‘yindan o‘q chiqdi deganlari shu bo‘lsa kerak. Samarqandda tog‘alar voyaga yetmagan jiyanini tarbiyalash maqsadida kaltaklab, oxir-oqibat uning o‘limiga sababchi bo‘ldilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 29 mart kuni sodir bo‘lgan. Gap shundaki, Navoiy viloyati Xatirchi tumani Urganji qishlog‘ida yashovchi H.X., Uchquduq tumani Yo‘lchilar qo‘rg‘oni Dev mahallasida yashovchi akasi Z.X. bilan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Ko‘mir qishlog‘ida yashovchi opasi D.X.ning uyiga kelgan.

U yerda aka-ukalar voyaga yetmagan jiyani B.A.ni tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazganlar. Oqibatda bolaning sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli uni boshqa xonaga olib chiqib, yotqizib qo‘yganlar.

Natijada B.A. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aka-ukalar ushlanganlar.Tergov harakatlari olib borilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Samarqand

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing