Matviyenko Norboyeva bilan uchrashgani O‘zbekistonga kelyapti

Olam

image

Federal Majlis Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasi joriy yilning kuz oyida O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan xabar qilinmoqda. 

Bugun, 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narboyeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashgan. 

Uchrashuvda joriy yilning kuzida Federal Majlis Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Jumladan, Oliy Majlis Senati delegatsiyasining 2018 yil noyabrda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, shuningdek Oliy Majlis Senati hamda Federal Majlis Federatsiya Kengashi hamkorligi bo‘yicha komissiyaning majlisi o‘tkazildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Valentina Matvienko

Baholaganlar

26

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing