TIV Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Hukumati rahbarining O‘zbekistonga tashrifiga doir rasmiy ma’lumot berdi.

2019 yilning 29-30 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dimitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.

Tashrif doirasida Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya Qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unga 2018 yil oktabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokalar davomida asos solingan.

Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 24 aprelda bo‘lib o‘tgan yigirmanchi yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya delegatsiya rahbari Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV O'zbekiston-Rossiya Dimitriy Medvedev

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made