Toshkent shahar IIBB: “Vahima qilishning keragi yo‘q”

Jamiyat

image

Telegram messendjerida maktab o‘quvchilarining onalari bir-biriga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarni ulashmoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga (“Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari”) muvofiq, IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan.

Hozirgi vaqtda dastlabki tergov tekshiruvlari olib borilmoqda. Ushbu xabarlarni tarqatuvchi Telegram kanalidagi guruh ishtirokchilari so‘roq qilinmoqda", deyilgan Toshkent shahar IIBB xabarida.

Tezkor chora ko‘rilishi uchun barcha fuqarolardan huquqbuzarliklar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni 102 raqamiga, yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga yoki hududiy profilaktika inspektoriga, maktab direktoriga xabar qilish so‘ralgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda va guruhlarda shov-shuv ko‘tarib, vahima qilishning keragi yo‘q”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar IIBB tekshirish boshladi

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing