1622 nafar mahbus ozod qilindi

Olam

image

Tojikistonda shu yilning 27-28 oktyabr kunlari yangi amnistiya asosida ozod qilingan 1 ming 622 mahbus ozod qilindi. Bu haqda Axbor xabar bermoqda. 

Ularning orasida ishlari siyosiy deb hisoblanganlar ham bor. Ozod bo‘lganlar orasida bugun, 28 oktyabr kuni ozod  qilingan Rashtlik yosh bloger Junaydullo Xudoyorov ham bor. U salafizmga ergashganlikda ayblandi.

Bir kun oldin, Istaravshandagi jome masjidining sobiq imomi  No‘’monxon Otayev ham qo‘yib yuborildi. U uch yillik qamoq jazosining ikki yilini qamoqda o‘tkazdi.

Shuningdek, Rog‘un yaqinidagi Kallai Nav qishlog‘idan ekstremizmda ayblanib sudlangan bir guruh yoshlar ozod qilindi. Uchala holatda ham, bu mahkumlarning qarindoshlari ular ilgari chiqarilgan ayblovlar bo‘yicha sudlanganliklarini va ishlarining soxtalashtirilganini da’vo qilgan.

Tojikiston muxolifatidagi Sotsial-demokratik partiyasining Rasht tumanidagi bo‘limi rahbari Farhod Xudoyorovning ukasi ham  qo‘yib yuborilgan. “U bugun, 28 oktyabr kuni “Birinchi Sovetskiy”dagi 4-koloniyadan ozod qilindi. Ayni paytda Junaydullo uyga ketmoqda. Xudoga shukur, u Rashtga boradi. Qariyb ikki yil davomida birodarimizni adolat g‘alabasi uchun kurashida qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdormiz", deydi Farhod Xudoyorov.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikistonda 1622 nafar mahbus ozod etildi

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar