Tezkor xabar: Toshkentda ayol ikki farzandi bilan o‘ldirib ketildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida 47 yashar ayol ikki farzandi bilan o‘ldirib ketilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Joriy yilning 17 mart kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xushro‘y ko‘chasi, 13-uyda yashagan N.A. va uning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandlari – 1994 yilda tug‘ilgan H.N. va 1995 yilda tug‘ilgan Sh.N.ning murdalari topilgan. Ularda ko‘krak qafasi, o‘pka va yurakka sanchilib kirgan og‘ir tan jarohatlari aniqlangan. 

Voqea joyiga tezkor tergov guruhi yetib borgan hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari o‘tkazilib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida xonadonga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasining xotira qurilmasi (hard disc) ashyoviy dalil tariqasida olinib, undagi video tasvirlar ko‘zdan kechirilganida, ushbu qotillik jinoyati N.A.ning sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i I.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda gumon qilinuvchi I.X.Zomin tumanida qo‘lga olingan.

I.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qotillik

Baholaganlar

480

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing