Toshkent shahrida sex hududida yong‘in kelib chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 10 may kuni soat Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan sexda yong‘in kelib chiqdi.

Bu haqda ma’lumot soat 13:10 lar atrofida FVB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yetib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in Bektemir tumani Chirchiq bo‘yi ko‘chasi 12-uyda joylashgan “Kuchli qurilish mollari” MCHJga qarashli bitum ishlab chiqarish sex hududida sodir bo‘lgan.

Xabar asosida hududga zudlikda 7 ta asosiy va 1 ta yordamchi yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar soat 13:14 da voqea joyiga yetib kelib, yong‘in soat 13:25 da qurshab olingan va soat 13:33 da to‘liq bartaraf etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in keng maydonlarga tarqalishi oldi olingan. 

Yong‘in oqibatida, sex hududidagi bitum mahsulotini tashishga mo‘ljallangan 30 tonnalik bo‘sh turgan maxsus tirkamali sig‘imning shinalari va 1 ta 15 tonnalik sig‘imdagi bitum mahsuloti qisman yongan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning tahminiy sababi, sexda texnologik jarayonning buzilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made