Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuzaga keldi. Jabrlanganlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 14 aprel kuni “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi “Epika” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmat xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yo‘l transport hodisasi tez tibbiy yordam avtomashinasiga yo‘l bermaslik oqibatida kelib chiqqan. Ushbu avtohalokat oqibatida 5 kishi jarohat olgani ma’lum qilindi.

"Joriy yilning 14 aprel kuni soat 12:40 lar atrofida Toshkent shahar, Olmazor tumani Nurafshon-Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida haydovchi G.I. “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasida harakatlanib chiqqan vaqtida yashil chiroqda kesishmadan harakatlanib o‘tayotgan haydovchi N.S. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan"

Ma’lum qilinishicha, “Epika” rusumli transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchisi, “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. To‘qnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Tez tibbiy yordam Avtohalokat

Baholaganlar

262

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing