Tennis afsonasi Iroda To‘laganova nimadan norozi? (video)

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik mashhur tennischi Iroda To‘laganovaning jamoatchilikka videomurojaati e’lon qilindi.

Videoda To‘laganova O‘zbekistondagi tennis kortlarining buzilayotganidan noroziligini bildirgan. 

To‘laganovaga ko‘ra, Toshkent shahrida 20 dan ziyod, Jizzaxda 2 ta va Termiz shahrida 1 ta tennis korti buzib tashlangan. Navbatdagi buzilishi kutilayotgan tennis korti esa “Aviasozlar” hisoblanadi.

“Tennis kortlarini nafaqat saqlab qolish, balki yangilarini bunyod etish kerak”, deydi To‘laganova. 

Videomurojaat davomida Iroda To‘laganova tennisni O‘zbekistonda muhim sport turlaridan biri ekanligini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Iroda To'laganova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made