Temurxo‘ja Abduxoliqovning yangi klubi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik taniqli hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov faoliyatini “Bunyodkor” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli futbolchi qaldirg‘ochlar bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.

“Katta futbolga “Bunyodkor” o‘rinbosarlari safidagi ajoyib o‘yinlari orqali kirib kelgan tajribali hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov uyiga qaytdi va yangi mavsumni “Bunyodkor” safida o‘tkazadi”, deyiladi manba xabarida. 

Ma’lumot uchun, Abduxoliqov faoliyati davomida Xorvatiyaning “Xayduk” va BAAning “Xaur-Fakkan” jamoalarida to‘p tepgan. Futbolchi mahalliy klublardan “Paxtakor”,“Lokomotiv”, “Qizilqum” va “Navbahor” jamoalari sharafini himoya qilgan. U O‘zbekiston milliy terma jamoasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Temurxo'ja Abduxoliqov Bunyodkor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing