Fransiyada tinch aholiga pichoq bilan hujum qilindi. Qurbonlar bor

Olam

image

Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan Roman-syur-Izer shahri markazida noma’lum kishi tinch aholi vakillariga pichoq bilan tashlandi. Oqibatda 8 kishi jarohatlandi. Ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 4 aprel kuni BFMTV xabar bermoqda.

Politsiya uni ushlashga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 33 yashar Sudan fuqarosi bo‘lgan. Uning yashash joyi qotillik sodir bo‘lgan joydan bir necha metr masofada joylashgani aniqlangan.

Tergov Valensiya prokuraturasi qo‘mondonligidagi Lion sud politsiyasi viloyatlararo boshqarmasiga topshirilgan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner jarohatlangan va vafot etganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing