Namangandagi forum qanday o‘tdi? (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, 7-8 iyun kunlari Namangan shahrida  “Doing business with Namangan – 2019” investitsion forumi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Ta’kidlash kerakki, ushbu forum o‘zining miqyosi kengligi, yangi formatda o‘tgani bilan ahamiyatlidir.

Forumni kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi.

“Ushbu forumning barcha ishtirokchilariga hush kelibsiz deyman. Forum ilk marotaba o‘tmoqda va bu oxirgisi bo‘lib qolmaydi. Namangan yurtimizning iqtisodiy jihatdan rivojlangan, shuningdek agrar sohasdagi yetakchi viloyatlardan biridir. O‘ylaymanki, har bir investor kelgusida ushbu hududda faoliyat yuritadi. Buning uchun barcha imkoniyat va imtiyozlar yetarlicha, omad tilayman”, dedi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, forumda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham so‘zga chiqdi.

“Viloyatimizda 150 ta qo‘shma korxona faoliyat olib bormoqda. Biz Koreya, Xitoy, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Germaniya va boshqa ko‘plab davlatlar bilan hamkorlikda ish yurityapmiz”, dedi Xayrullo Bozorov.

Tadbirning ilk kunida ochilish marosimidan so‘ng ishtirokchilar Namangan shahar davlat Xizmatlari markaziga ham bordi.

U yerda ishtirokchilar to‘rtta iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va turizm yo‘nalishidagi seksiyalarda ishtirok etdi.

Seksiyalarda Namangan viloyatining qishloq xo‘jaligi, turizm va iqtisodiy sohasining kelajagi, kiritilishi nazarda tutilgan invetstitsiyalar hajmi va hududi borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Forum doirasida Namangan shahridagi “Pahlavon” majmuasida viloyat ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ushbu ko‘rgazmada 100 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 40 dan ortiq xorijiy davlatdan 354 nafar tadbirkor hamda investorlar ishtirok etishdi.

Ushbu forum doirasida yangi investitsiya loyihalari taqdimoti, “B2G” va “B2B” formatdagi kooperatsion birja ham bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng OAV uchun brifing tashkil etildi. Brifingda Namangan viloyat hokimining Investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ayubxon Kamolov forum va ko‘rgazma yuzasidan OAVga ma’lumot berdi.

Aksariyat xorijlik tadbirkor va investorlarga Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ma’qul keldi.

Forumning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, umumiy qiymati 170 million AQSH dollariga teng 24 ta investitsiya bitimi va eksport shartnomalari imzolandi. Ikkinchi kuni yana 15 ta bitim imzolandi. Jami umumiy qiymati 320 million AQSH dollariga teng 39 ta hujjat imzolandi. 

Forumning ikkinchi kunida ishtirokchilar "Axsikent" (Axsikat) tarixiy majmuasida ham bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, "Axsikent" qadim Farg‘ona vodiysining madaniy markazi, shoh saroyi joylashgan qal’a-shahar hisoblangan. Bu yerda Zahiriddin Muhammad Bobur va uning padari Umarshayx Mirzo ham yashagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing