Toshkent shahridagi soliqchilarning 25 foizi o‘z sohasini yaxshi bilmaydi

Jamiyat

image

Davlat soliq qo‘mitasida Toshkent shahar soliq organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish yakunlandi.

DSQ Matbuot xizmati xabar berishicha, attestatsiya yakunlari bo‘yicha poytaxtdagi davlat soliq xizmati organlarining 1100 xodimidan 43 foizi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi, 32 foizi shartli ravishda tasdiqlandi, 25 foizi esa o‘z bilimlarini tasdiqlay olmadi.

Ushbu attestatsiya jarayoni 2016 yildan beri birinchisi bo‘ldi. Attestatsiya yangi soliq konsepsiyasi ijrosini ta’minlash uchun xodimlarning qonun hujjatlarini qanchalik bilishi, professional jihatdan o‘z lavozimiga mos yoki mos emasligini aniqlab berishda muhim ahamiyatga ega. 

Attestatsiya yakunlari bo‘yicha lavozim darajasini pasaytirish yoki ko‘tarish, мавжуд zaxiralarga ega yo‘nalishda xodimlarni бўшатиш to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi. Ushbu choralar korrupsion elementlarni aniqlashga ham qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

DSQ

Baholaganlar

17

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing