Eron Maykl Pompeoning tashrifini rad etdi

Olam

image

Mamlakat rasmiylari AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning Eronga rasmiy tashrifi haqidagi taklifini qabul qilmadi.

“Yaqinda men Tehronga borishni va Eron xalqi bilan bevosita gaplashishni taklif qildim. Rejim mening taklifimni qabul qilmadi”, deb yozdi Pompeo Twitterdagi sahifasida. Keyinchalik u Qo‘shma Shtatlar bunga javoban Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarifga o‘xshash imkoniyatni rad etmasligini qo‘shimcha qildi.
 
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Mayk Pompeo Eron bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanliklarini bildirgan, ammo Tehron muzokaralar faqat Eronning pozitsiyasini hisobga olgan holda mumkinligini ta’kidlagan. 

“Eron hech qachon qiyin sharoitlarda muzokaralar olib bormaydi. Siz biron bir Eronlikga tahdid qila olmaysiz va uning jang qilishini kutolmaysiz. Muzokaralar tahdid bilan emas, balki hurmat nuqtai nazaridan amalga oshiriladi ", degan edi Javad Zarif.

Iyun oyi oxirida AQSH moliya vaziri Stiven Mnuchin Vashington Zarifga qarshi sanksiya choralarini ko‘rishini aytgandi. Biroq, iyul oyida AQSH hukumati tashqi ishlar vazirini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmaslikka qaror qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari 2018 yil may oyida Eron bilan 2015 yilda tuzilgan yadroviy kelishuvdan chiqib ketishini va mamlakatga qarshi barcha sanksiyalarning tiklanganini e’lon qildi. Vashington Tehronga qarshi Eron bilan savdo qilayotgan boshqa davlatlarga ta’sir ko‘rsatadigan ikkinchi darajali sanksiyalarni ham yangiladi. 

2019 yil aprel oyida AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, Eron neftiga to‘liq embargo kiritdi va bir oydan so‘ng Eron temir, po‘lat, alyuminiy va mis ishlab chiqaruvchilariga nisbatan sanksiyalarni joriy etdi.

Bunga javoban Eron yadroviy bitim bo‘yicha bir qator majburiyatlarni bajarishni rasman to‘xtatdi. Iyul oyi boshida Eron uranni Birgalikdagi keng qamrovli harakatlar rejasiga zid bo‘lgan 3,67 foiz darajasidan yuqori darajada boyitishga kirishganini ma’lum qilgan edi. Ushbu bayonotga javoban AQSH Eronga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi.

O‘tgan oyda Eron ushbu mamlakatning havo hududida bo‘lgan AQSH uchuvchisiz uchog‘ini urib yuborganini e’lon qildi. Bunga javoban Tramp Eronning bir qator ob’ektlariga zarbalar berishni buyurdi, ammo oxirgi paytda o‘z fikrini o‘zgartirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing