Koronavirus yurakka qanday ta’sir qiladi?

Salomatlik

image
JSST rahbari hayotiga tahdid bo‘lganini ma’lum qildi north_east

JSST rahbari hayotiga tahdid bo‘lganini ma’lum qildi

AQSHdagi Meyo tibbiyot ta’limi va ilmiy tadqiqotlar fondi mutaxassislari koronavirus infeksiyasining yurakka ta’sirini aniqladilar. Ularning fikricha, koronavirus bilan kurashish paytida yurakda ikki xil o‘zgarish bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 infeksiyasi paytida yurakning fiziologik parametrlari o‘zgarishi mumkin. Shifokorlar koronavirus bilan bog‘liq yurak kasalliklarining ikkita turini qayd etishdi. Birinchisi yurak yetishmovchiligi bilan, ikkinchisi esa aritmiya bilan bog‘liq. Aritmiyaga asosan kasallikni davolashda qo‘llaniladigan dorilarning ta’siri sabab bo‘ladi.

Qon bosimini ushlab turish uchun ishlatiladigan dorilar yurak yetishmovchiligi xavfini oshirishi mumkinmi degan savolga javob berishda shifokorlar bitta xulosaga kela olishmadi. Tadqiqot mualliflaridan biri, doktor Lesli Kuper, keksa odamlarga, agar shifokor boshqacha ko‘rsatma bermasa, ushbu dorilarni qo‘llashni davom ettirishni maslahat bergan.

Xulosa shuni ko‘rsatadiki, kasallikning yangiligi tufayli koronavirusning yurakka jiddiy ta’sir etishi noma’lum. Doktor Kuper yurak xastaligi bor bemorlarga gigiyenaga amal qilishni va uyda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni tavsiya qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq 1 519 442 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 330 890 nafari sog‘aygan. 88 543 nafari esa vafot etgan.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Tadqiqot Yurak

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing