O‘zbekistonda masjidlar soni bittaga ko‘paydi
Jamiyat
−
21 avgust 2020
7077O‘zbekistonda masjidlar soni 2072 taga yetdi. Navbatdagi masjid Surxondaryoda ro‘yxatga olindi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
“Mamlakatimizda fuqarolarning boshqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Joriy yilning 20 avgust kuni Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan “Varroq Termiziy” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.
Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni 115 taga yetdi.
LiveBarchasi