Andijonda yangi gaz koni ochildi (video)

Jamiyat

Farg‘ona vodiysida yangi "Chaqar" gaz koni ochildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Chaqar" koni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan. Mutaxassislar shu yilning mart oyida 2-quduqda burg‘ilash ishlarini boshlagandi.

Kecha, 10 iyul kuni 1710 metr chuqurlikda dastlabki tabiiy gaz oqimi olingan. Uning debiti bir kunga 300 ming kubometrgacha baholanmoqda.

Yaqin vaqtlar ichida gaz kondensatini o‘rganish, tarkibiy qismlarning parametrlarini aniqlashtirish, shuningdek yana ikkita quduqni burg‘ilash ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon gaz koni

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing