Per-Emerik Obameyang “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin.

Sport

image

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi gabonlik Per-Emerik Obameyang yozgi transferlar vaqtida "mankunianliklar" safiga o‘tishi mumkin.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher gabonlik forvardni klubni tark etadigan Romelu Lukakuga munosib o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Obameyang klubini o‘zgartirishga qarshimas. Bunga asosiy sabab qilib "Arsenal"ning Chempionlar ligasiga chiqa olmagani ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Obameyang londonliklar safida 36 bor maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 bor ishg‘ol qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing