Toshkentdagi 80 ga yaqin maktabga bolalar qabuli DXM yoki YAIDXP orqali amalga oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, qo‘yidagi maktablarga 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Maktablar ro‘yxati:

Bektemir tumanidagi 289, 290, 291, 293-son maktablariga;

Mirobod tumani 31, 60, 94, 110, 125, 263-son maktablariga;

Mirzo Ulug‘bek tumani 35, 50, 64, 71, 187, 210, 279-son maktablariga;

Olmazor tumani 159, 191, 233, 242, 243, 249, 298-son maktablariga;

Sergeli tumani 6, 7, 300-son maktablariga;

Uchtepa tumani 38, 44, 74, 75, 107, 228, 238-son maktablariga;

Chilonzor tumani 101, 103, 164, 168, 178, 184, 195, 217, 280-son maktablariga;

Shayxontohur tumani 19, 34, 42, 59, 169, 180, 314-son maktablariga;

Yunusobod tumani 5, 17, 43, 51, 86, 97, 98, 235, 246, 257, 260, 272, 302, 313-son maktablariga;

Yakkasaroy tumani 89, 91, 144, 160-son maktablariga;

Yashnobod tumani 61, 145, 151, 152, 166, 282, 307-son maktablariga.


Maqola muallifi

Teglar

maktab DXM

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing