AQSH Xitoy bilan go‘sht masalasida kelishib oldi

Olam

image

Xitoy va AQSH vakillari parranda go‘shtini o‘zaro import qilish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda  MK xabar bermoqda.

Kecha, 25 oktyabr kuni XXR Tijorat vazirligida Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Lyu Xe, AQSH G‘aznachilik kotibi Stiven Mnuchin va AQSH Savdo vakili Robert Laytizer ishtirok etgan telefon orqali suhbatlar natijalari e’lon qilindi. "Tomonlar Amerikadan tayyor parranda go‘shti va baliq mahsulotlarini Xitoydan olib kirishni tartibga solish bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi. 

Shuningdek, tomonlar AQSHdan Xitoyga parranda go‘shtini yetkazib berishni taqiqlashni bekor qilishga kelishib olindi", dedi Xitoy Savdo vazirligi.
Suhbatdan so‘ng, Xitoy departamenti bir qator ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hujjatlar bo‘yicha texnik muzokaralar yakunlanganini aytdi.

"Ikkala tomon ham bir-birlarining asosiy tashvishlarini inobatga olishga intilishlarini bildirdi", deya ta’kidladi XXR Savdo vazirligi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy parranda go'shti masalasida

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing