Samarqandda 9 qavatli uyda portlash yuz berdi

Jamiyat

image

Samarqand shahrida joylashgan 9 qavatli uyning 1-chi qavatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zarnews nashri xabar tarqatdi.

Hodisa joriy yilning 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi, taxminan soat 00.45 larda yuz bergan.

Ushbu ko‘p qavatli uy 24-sonli o‘rta maktabning yaqinida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan “Titanik“ deb ataladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda xonadonda hech kim bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda yashaydi. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.

Xabar berishlaricha, yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in tezda bartaraf etilgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand portlash

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing