Taksilar “To‘xtash taqiqlangan” joyda to‘xtashiga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019 yi 1 iyulgacha “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimini ishga tushiradi.

2019 yil 1 iyuldan boshlab quyidagicha tartib o‘rnatiladi:

  • yo‘nalishli taksilar uchun talab etiluvchi to‘lov terminallari, taksometr hisoblagichlar va radioaloqa qurilmalari almashtirilayotgan uskunalar funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovalarga ega qurilmalar (mobil telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) bilan almashtirilishi mumkin;
  • yo‘nalishli taksiga qonunchilik bilan talab etiluvchi rangni o‘zi yopishuvchi materiallardan foydalanish yo‘li bilan bo‘yash zaruratisiz berish;
  • yo‘nalishli taksi sifatida ishlatiluvchi va tashqi hamda ichki bezak yagona belgilari bilan jihozlangan yengil avtomobillar yo‘nalishli transport vositalari harakatining maxsus yo‘lagidan yurishi, shuningdek, “To‘xtash taqiqlangan” belgisi amal qiluvchi joyda to‘xtashi mumkin;
  • xalqaro avtomobil tashuvlari uchun xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar olish uchun ariza qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Maqola muallifi

Teglar

qaror taksi

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing