Superliganing 9-turi Farg‘onada start oladi

Sport

image

Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston Superligasining 9-tur o‘yinlariga start beriladi. Dastlabki o‘yin Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinda mezbon mahalliy jamoa emas, “Andijon” klubi hisoblanadi. Bu bahsda vodiy jamoasi Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bilan kuch sinashadi. Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida yoritkich tizimi FIFA talablariga to‘la javob berishi uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, bugungi o‘yin Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

E’tiborlisi, andijonliklar uchta turdan buyon g‘alaba qozona olishmayapti. Ular oxirga uch o‘yinda 2 durang va 1 mag‘lubiyatni tan olishdi. “Paxtakor” esa hamon bu mavsum mag‘lub bo‘lmagan yagona klub bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Superliga

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing