Nigerda 120 nafar terrorchi yo‘q qilindi

Olam

image

Joriy yilning 1 fevral kuni Niger va Fransiya qurolli kuchlari terrorchilarga qarshi qo‘shma harbiy operatsiya boshlagan edi. Niger janubi-g‘arbida o‘tgan ushbu operatsiyalar vaqtida shu bugunga qadar 120 nafar terrorchi yo‘q qilingan. Bu haqida “France Press” agentligi xabar bermoqda.

Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 20 fevralga qadar Niger va Fransiya harbiylari Mali va Burkina-Faso bilan chegaradosh Tillaberi mintaqasida o‘tkazilgan operatsiya davomida 120 nafar terroristni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, qurolli kuchlar portlovchi moslamalar yaratishga mo‘ljallangan uskunalar va bir nechta transport vositasini qo‘lga kiritishgan. Harbiylar orasida yo‘qotishlar qayd etilmagan.

Xuddi shu hududda 2017 yil oktyabr oyida ISHID terrorchilik guruhining mintaqaviy bo‘linmasi jangarilari AQSH-Niger qo‘shma patrulini pistirmaga uchratishgan edi. O‘shanda to‘rt nafar Amerika qo‘mondoni va xuddi shuncha afrikalik askar halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Niger

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made