Dunyoning eng yirik qurol savdogari qo‘lga olindi

Olam

image

Portugaliyaning Evora okrugida belgiyalik qurol savdogari Jak Mese qo‘lga olindi. Bu haqda “Le Soir” xabar berdi.

Jak Mese – dunyodagi eng yirik qurol savdogarlaridan biri. 2017 yilda u  urushuvchi mamlakatlarga noqonuniy o‘qotar qurollar, o‘q-dori, tank, vertolyot va boshqa harbiy uskunalar yetkazib bergani uchun sudlangan. O‘shanda u uch yil qamoq va 300 ming yevro jarima jazosi tayinlangandi.

Mese hukmdan shikoyat qilgan. Hukm 2018 yil oktyabr oyida qayta ko‘rib chiqilgach, jazo muddati to‘rt yil, jarima esa 1,2 mln yevroga o‘zgartirilgan. Shundan so‘ng, Mese Belgiyadan qochib ketgan va Portugaliyada yashiringan.

Jinoyatning izini topishga u Fransiyadan ko‘chirtirgan otlar yordam bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 35 yilda Mese ishtirok etmagan qurolli mojaro bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Portugaliya

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing