Ta’lim sohasi xodimlari uchun ikkita yangi mukofot joriy qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24 oktyabr kuni qabul qilingan qarori bilan “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi. 

Qarorga muvofiq ko‘krak nishonlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshirilib, u mukofotlangan shaxslarga 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'krak nishoni

Baholaganlar

200

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made