Ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilganda qanday chora qo‘llanadi?

Foydali

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, ta’lim muassasalarida qo‘l telefonlarini “ovozsiz” rejimga qo‘yishi yoki o‘chirib, sumkasiga solib qo‘yishi kerak.

Nizom qoidalariga zid ravishda ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilganda quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi:

  • ogohlantirish;
  • ta’lim oluvchilarning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
  • ularning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.

Talablar buzilganda har qanday pedagog xodim ta’lim oluvchidan mobil telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni mobil telefon bilan birga ta’lim muassasasi (fakultet) direktoriga (dekaniga) yoki sinf rahbariga (kuratorga) berish huquqiga ega. Bunda mobil telefon faqat o‘quvchining ota-onasiga qaytarib beriladi.

Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo‘lgan mobil telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, qoidalar buzilganda mobil telefonning olib qo‘yilish holatlari bundan mustasno.


Maqola muallifi

Teglar

mobil telefon ta'lim muassasi

Baholaganlar

170

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made