Toshkentdagi o‘qituvchilarga noutbuk sotib olish uchun muddatli to‘lovlar beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga bo‘lib to‘lash sharti bilan elektron jihozlarni sotib olish imkoniyati berilishini rejalashtirilmoqda. Bu haqda Respublika Xalq ta’limi vazirligi bugun, 7 fevral kuni xabar berdi.

Birinchi bosqichda loyihani Toshkent shahridagi uchta maktabda boshlash rejalashtirilgan. Ushbu aksiyaning asosiy maqsadi o‘qituvchilarning maqomini oshirishdir. 

Vazirlik tushuntirishicha, aksiyada ishtirok etish ixtiyoriydir.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘qituvchilarga noutbuk shaklida mikrokreditlar ajratish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi. Bu ish bo‘yicha Izbosgan tumani Agrobank filiali sobiq bo‘lim boshlig‘i firibgarlikda gumon qilinmoqda.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing