YeI a’zosi bo‘lmagan Turkiya, YeIga a’zo davlatlarga yordam qo‘lini cho‘zdi

Olam

image

Turkiya koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan Italiya va Ispaniya uchun tibbiy vositalar ortilgan harbiy transport samolyotini yubordi. Bu haqda mamlakat mudofa vazirligi xabar bermoqda.

"Prezidentimiz Toyib Erdo‘g‘an ko‘rsatmasi bilan SOVID-19 virusidan jiddiy zarar ko‘rgan Ispaniya va Italiyaga tibbiy yuklar ortilgan A-400M samolyoti parvoz qildi”, deyiladi vazirlik bergan xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy yuklarga Turkiyada ishlab chiqarilgan niqoblar, himoya kombinezonlari va bakterialarga qarshi vositalar kiradi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga 105 792 nafar odam chalindi. 15 729 bemor shifo topgan bo‘lsa, 12 428 kishi vafot etdi. Ispaniyada esa 95 923 odam kasallikka chalingan bo‘lsa, 19 259 bemor shifo topdi. 8464 kishi esa infeksiya sabab olamdan o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Italiya Ispaniya

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made