Suzoqdagi fojia: yuk mashinasi bosib ketgan o‘quvchilarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Olam

image

6 may holatiga ko‘ra, Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida "Manas" dostonini o‘qish musobaqasida ishtirok etganlarni yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida jabrlangan 19 nafar maktab o‘quvchisi shifoxonalarda qolmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyevga tayanib, "24.kg" nashri xabar berdi.

Vazirning ma’lum qilishicha, Bishkek shifoxonasida maxsus reys bilan olib kelingan o‘n kishi bor. Ulardan uch nafari operatsiya qilingan, ahvoli barqaror – o‘rtacha og‘ir darajada. To‘rt nafar bola reanimatsiyaga yotqizilgan, qolganlari tibbiyot muassasasi bo‘limlariga o‘tkazilgan.

"Jaloloboddagi kasalxonada to‘qqiz nafar bola davolanmoqda, ulardan besh nafarining ahvoli o‘rtacha og‘ir, qolganlarining ahvoli qoniqarli, bir nafari sog‘aygach, uyiga jo‘natilgan. Qolganlarning barchasi konservativ davolanmoqda. Bu masala nazorat ostida", deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Avvalroq, 4 may kuni Suzoqdagi voqea fonida mahalliy tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, shuningdek, bolalar tadbiri bo‘lib o‘tayotgan hududga xizmat ko‘rsatuvchi Oktyabr qishlog‘i Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishdan bo‘shatilgan edi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamagan 12 nafar IIV xodimi intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, baxtsiz hodisa 2 may kuni sodir bo‘lgan. Haydovchisiz Hyundai Porter mini-yuk mashinasi tepalikdan pastga harakatlanib, asosan 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni urib ketgan. Dastlab 29 ta bola jabrlangani haqida xabar berilgan, keyinchalik ularning soni 35 kishiga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Jalolobod Bishkek Suzoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made