Surxondaryoda yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 5 nafar shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Kecha, 12 may kuni soat 10:30 atrofida Sherobod tumanida 1965 yilda tug‘ilgan haydovchi D.Sh. Tracker-1 avtomashinasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Zil yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan va yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. 

Ushbu YTH oqibatida 1 nafar erkak va 4 nafar ayol vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing