Navoiyda singlisi va xotiniga zo‘ravonlik qilgan 2 erkak jazolandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatining Karmana va Uchquduq tumanlarida o‘z oila a’zolariga tazyiq o‘tkazib, ularga zo‘ravonlik qilgan ikki erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Karmana tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Karmana tuman IIBga telefon orqali murojaat etib, 1999 yil tug‘ilgan, Karmana tumani “Farhod” MFYda istiqomat qiluvchi qiz K.L. tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilganligini ma’lum qilgan.

Tuman IIB olib borgan surishtiruv natijasida aniqlanishicha, K.L. birga yashovchi 1989 yil tug‘ilgan o‘gay akasi Sh.B. tomonidan kaltaklangan. Sh.B. o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar natijasida bir necha bor qizga zo‘ravonlik va tazyiqlar o‘tkazib kelgan. Tuman IIB tomonidan Sh.B. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

Viloyat IIB tomonidan xabar berilishicha, Uchquduq tumani O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan yana bir fuqaro A.Yu. Uchquduq tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U turmush o‘rtog‘i, 1982 yilda tug‘ilgan Z.D. bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik natijasida murosaga kela olmayotganligini, turli vajlar bilan kaltaklanib, tan jarohati olganligini ma’lum qilgan.

Uchquduq tumani IIB tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, Z.D. aybdor deb topilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga binoan javobgarlikka tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

zo'ravonlik

Baholaganlar

525

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing