Koronavirus sog‘liqni saqlash tizimidagi bo‘shliqlarni ko‘rsatib berdi – Makron

Olam

image

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuyel Makron koronavirus pandemiyasiga mamlakat tayyor bo‘lmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ushbu kasallik Fransiya sog‘liqni saqlash tizimidagi "bo‘shliqlarni" ko‘rsatib bergan.

Davlat rahbari o‘z nutqida Fransiya koronavirus pandemiyasiga qarshi "yetarlicha tayyor emasligini" tan oldi. Bu mamlakat uchun favqulodda vaziyat ekanligini ma’lum qildi.

“Shubhasiz, bu harakatlarimiz koronavirusni yengishga yetarli emas. Ammo biz buni uddaladik. Fransiyada, boshqa joylarda bo‘lgani kabi, biz ham favqulodda vaziyatlarga duch keldik, qiyin qarorlar qabul qildik", deydi Emmanuyel Makron.

Mamlakatda hozirda tibbiy buyum va uskunalar borasida taqchillik kuzatilmoqda. Prezident ushbu taqchillik haqida ham aytib o‘tdi.

"Pandemiya vaqtida kamchiliklar aniqlandi. Tibbiy niqoblar va antiseptik gellar taqchilligi shular jumlasidandir", deydi Prezident.

Ma’lum qilinishicha, Prezident Fransiya aholisiga murojaatida 2020 yil 11 maydan boshlab bolalar bog‘chalari va maktablari bosqichma-bosqich ochilishini e’lon qilgan. Lekin shifokorlar karantin qoidalarini yumshatishga hali erta ekanini aytishmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Frantsiyada Emmanuel Makron

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing