DXX va prokuratura xodimlarining daxlsizligi kamayadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida senatorlar “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rib chiqdi.

Mazkur qonun bilan prokuratura organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari javobgarligini oshirish maqsadida “Prokuratura to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan mazkur organlar yuqori turuvchi mansabdor shaxslarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi normalar chiqarib tashlandi.

“Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 49-moddasiga (Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi) muvofiq hozirda prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi. Yangi tahrirda esa so‘nggi band olib tashlangan. Endilikda prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakati uchun javobgarlikka tortishda rahbariyat roziligi talab etilmaydi.

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasidan (Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari) Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha DXX raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risidagi norma bekor qilinyapti.

Senatorlar mazkur o‘zgarishlar prokuratura organlari va DXX xizmatchilarining mas’uliyatini oshirishga qaratilganini qayd etib, Qonunni ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Senat Prokuratura

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing