Koronavirus: bugun bemorlar deyarli 200 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyun kuni O‘zbekistonda 183 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shundan 144 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar, 29 nafari aholi orasida (shundan 25 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Andijon  viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida), qolgan 10 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

Avval xabar qilganimizdek, bugun 76 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 33 nafari Navoiy viloyatidagi, 24 nafari Toshkent shahridagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi, 2 nafari  esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5263 nafar bemordan 4019 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1225 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 27 379 nafar, statsionar karantinda esa 20 963 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing