Qatarda “Amir Kubogi” g‘olibi aniqlandi

Sport

image

Kecha ma’lum qilganimizdek, Qatarda “Amir Kubogi” final uchrashuvi o‘tkazildi.

Finalda mamlakatning eng kuchli ikki jamoasi – “Al Duhayl” va “Al Sadd” o‘zaro bellashdi. Murosasiz o‘tgan bahsning yakunida “Al Duhayl” 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi.  

E’tiborlisi, bu o‘yinda jahon futboli afsonalaridan biri Xavi futboldagi o‘zining oxirgi uchrashuvini o‘tkazdi. Biroq uning jamoasi yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. 

Endi har ikki jamoa navbatdagi uchrashuvni Osiyo chempionlar ligasi doirasida o‘tkazadi. “Al Sadd” “Persepolis”ga qarshi bahs olib borsa, “Al Duhayl” “Al Hilol” bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun ushbu bahsni O‘zbekiston futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov stadiondan kuzatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Amir kubogi

Baholaganlar

8

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar