Bill Geyts qachon odamlar odatiy hayot tarziga qaytishini ma’lum qildi

Olam

image

Milliarder Bill Geyts koronavirus pandemiyasi may oyi oxirida yaxshilanishiniga ishonyapti. Bu haqda u CNBC telekanaliga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar may oyining oxiri yoki iyun oyida odatiy hayotga qaytishlari mumkin. Ammo u pandemiya bilan bog‘liq vaziyat qanday kechishini bilmaydi. Bu kasallik bilan kurashishi usuliga bog‘liq. Uning fikricha, Osiyo davlatlari kasallik bilan kurashda boshqalarga namunadir.

"Osiyo mamlakatlari koronavirusga qarshi kurash milliy darajada olib boryapti. Bu kasallikka qarshi kurashning ajoyib namunasidir", deydi Geyts.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik o‘quvchilar va talabalar o‘quv yilining oxirigacha darslarga qaytishmaydi. Ammo kelasi yil kuzidan boshlab o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Shuningdek, "Microsoft" asoschisi hozirgi sharoitda normal hayotning ko‘plab atributlariga qaytish hali erta ekanini tushuntirdi. 

Geytsning ta’kidlashicha, uning fondi 18 oydan kam vaqt ichida yaratilishi mumkin bo‘lgan vaksina ustida ishlamoqda. Uning ma’lum qilishicha, bu vaksina dunyo bo‘ylab keng tarqatiladi.

"Bu 95 foizdan yuqori samaradorlikka ega terapevtik vosita bo‘ladi", deydi milliarder.

Geyts, shuningdek, infeksiyaga qarshi samarali kurashish uchun AQSH hali ham o‘z chegaralarini yopishi kerakligini aytdi.

Avvalroq,  "Microsoft" asoschisi rafiqasi Melinda bilan birgalikda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 100 million dollar xayriya qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu borada Geyts eng sahovatligi emas. Yaqinda "Twitter" asoschisi Jek Dorsi xayriya ishlariga bir milliard dollar o‘tkazganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts Koronavirus

Baholaganlar

723

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing