Qozog‘istonda va Qirg‘izistonda COVID-19 ga chalqinganlar soni oshdi

Olam

image

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 551 nafarga yetdi. Bu haqda respublika maxsus shtabi ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 aprel 09:15 holatiga ko‘ra, mamlakatda 20 ta virusga chalinish holati ro‘yxatga olingan.

Maxsus shtab xabariga ko‘ra, eng ko‘p koronavirus qayd etilgan joylarga Nur-Sulton (219) va Olma-ota (110) kiradi. Mamlakatda infeksiya oqibatida 5 nafar bemor olamdan o‘tgan.

Qirg‘izistonda esa, so‘nggi 24 soat ichida koronavirusga chalinishning 3 ta holati qayd etildi. Mamlakatda bemorlar soni umumiy hisobda 147 nafarni tashkil etmoqda.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Sobirjon Adbukarimovning so‘zlariga ko‘ra, 71 ming kishi koronavirusga test topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qirg'iziston

Baholaganlar

596

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing