Abdulaziz Komilov Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar 2019 yildagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibini ko‘rib chiqdilar.

Muzokaralar so‘ngida Vazirlar Toshkent shahrida 2018 yil 17 avgustda ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish Protokoliga qo‘l qo‘ydilar.

Shartnomaning 16-moddasiga binoan hujjat 2019 yilning 17 may kuni kuchga kirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

2

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing