Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Respublikasiga tashrifiga tayorgarlik ko‘rilyapti. Bu haqda kecha, 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvda ta’kidlab o‘tildi. 

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasidagi muntazam aloqalar davomida erishilgan kelishuvlarni amaliy tadbiq etish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qildilar.

Vazirlar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining, xalqaro va mintaqaviy siyosatning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha ikki mamlakat mavqelari yaqinligi va mos kelishini mamnuniyat bilan qayd yetdilar. O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik, barqaror rivojlanish va farovonlikni ta’minlash, mintaqaning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy va ilmiy markazlardan biri sifatidagi tarixiy rolini tiklash bo‘yicha vazifalar atrofida jamlanganligi ta’kidlandi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent-Ashxobod havo yo‘lini tiklash, ikki mamlakatning viloyat markazlari o‘rtasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning o‘zaro tashriflari tartibini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra vazirlar O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Mirziyoev

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing