Yaponiya har bir fuqarosiga 930 dollar miqdorida yordam puli bermoqchi

Olam

image

Yaponiya hukumati SARS-CoV-2 koronavirusi pandemiyasi va uning milliy iqtisodiyotga ta’siri tufayli mamlakat fuqarolariga 100 ming iyena (930 AQSH dollari) miqdorida tovon puli to‘lash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosihide Suga matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Biz Komeyto partiyasi rahbarining har bir Yaponiya fuqarosiga 100 ming iyena ajratish haqidagi taklifini ko‘rib chiqmoqchimiz", deydi bosh kotib.

Suganing qo‘shimcha qilishicha, bu masala joriy moliyaviy yil uchun Yaponiya byudjetiga tuzatishlar kiritilgandan keyin ko‘rib chiqiladi. Iloji boricha, pandemiya vaqtida aholining iqtisodiy-ijtimoiy himoyasini ta’minlanish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, kecha, 14 aprel kuni yaponiyalik deputatlar ish haqini 20 foizga kamaytirishga kelishib olishdi. Ushbu mablag‘lar mamlakatda favqulodda vaziyat jabirlanuvchilariga yordam berishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq 8 100 holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 853 nafari sog‘aygan, 146 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 7 101 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Ijtimoiy yordam Koronavirus Yaponiyada

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing