Starbucks “Taxtlar o‘yini” serialidagi xato sabab 2,3 mlrd. dollar ishlab oldi
Madaniyat-san’at
−
10 may 2019
11626Serialda qog‘oz idishli qahva tasodifan kadrga tushib qolgan. Rasmda Starbucks kompaniyasi logotipi aks etgan.
Amerikaning Starbucks kompaniyasi “Taxtlar o‘yini” serialidagi xato tufayli 2,3 milliard AQSH dollari ishlab oldi. Bu haqda CNBC yozmoqda.
Starbucks ramzi aks etgan qog‘oz chashka tarixiy sahnalar aks etgan to‘rtta epizodda ko‘rinib qolgan. Ushbu suratlar haqidagi xabar butun inernet bo‘ylab tarqalib ketgan.
Keyichalik ma’lum bo‘lishicha, qahvani suratga tushayotgan aktyorlardan biri olib kelgan va uning bu harakati qasddan emasligi ma’lum bo‘ldi. Tasvirga olish jamoasi kadrga tushib qolgan ushbu surat tasodif ekanligini ta’kidlashgan. Ushbu sahna ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi