“Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi yo‘lning bir qismi vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

“Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi YHXX xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 sentyabr kuni “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 221-kilometridagi “Ohangaronsoy” ko‘prigida ta’mirlash ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan mazkur yo‘lning Toshkent-Vodiy yo‘nalishi vaqtincha yopilib, beton to‘siqlar yordamida ikkiga ajratilgan va qarama-qarshi yo‘nalishlar tashkil etilgan. 

“Haydovchilarni ogohlantiruvchi va ularga yo‘nalishlarni ko‘rsatuvchi hamda harakat xavfsizligini ta’minlaydigan tegishli belgilar o‘rnatilgan. Shuningdek, tungi vaqtda ham xavfsizlikni ta’minlash maqsadida vaqtincha tashkil etilgan yo‘nalishlarga chiroqlar o‘rnatilib, yo‘nalish ko‘rsatuvchi belgilarni ham yoritish choralari ko‘rilgan”, deyiladi bu haqdagi xabarda. 

Shuningdek, YHXX barcha haydovchilardan mazkur joydan harakatlanib o‘tishda tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilari va chiziqlarining talablariga rioya etgan holda, tezlikni oshirmasdan, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made