O‘zbekistonda Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabi tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda korporativ boshqaruvda zamonaviy uslublar joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi negizida Agentlik huzuridagi Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Qayd etilishicha, Oliy maktabning asosiy vazifalari etib xalqaro talab va standartlarga asosan kuzatuv kengashi a’zolari va boshqaruv personalini strategik boshqaruv, moliyaviy hisob, samarali menejment sohalarida tayyorlash va qayta tayyorlash, aholining korporativ boshqaruv va kapital bozori sohasidagi moliyaviy savodhonligini imtiyozli o‘quv kurslarini tashkil qilish orqali oshirish belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda belgilangan tartibda Oliy maktab faoliyatini halqaro amaliyotga, jumladan Janubiy Koreya, Germaniya kabi davlatlarning tajribasiga asosan tashkil etish, uning hududiy filiallarini tashkil etish va keyinchalik davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida, hujjat qayta ko‘rib chiqilishi yoki tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqib bitta hujjatga birlashtirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi Oliy maktab

Baholaganlar

29

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing