Namangandagi qabriston masalasi o‘rganib chiqildi

Jamiyat

image

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar, “Gulobod” mahallasida joylashgan “Xurmatxon aya” qabristoni uchun ajratilgan yer maydoni qariyb 4 marotaba torayib ketganligi to‘g‘risidagi video e’lon qilingan edi.

Mazkur holat Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi. Videorolikda 1994 yilda qabriston uchun 8,0 gektar yer maydoni ajratib berilganligi bayon qilingan.

Ushbu masala bo‘yicha, o‘rganilgan xujjatlarda Namangan viloyati Namangan tumanidagi sobiq “Ijodkor” agrofirmasi vakillarining 1994 yil 6 martdagi 2-sonli yig‘ilish bayonining qaror qismini 1-bandida “Irvadon qishlog‘i pensionerlari, veteranlari, qariyalari, aholi talablariga asosan qabriston qilish uchun Irvadon qishlog‘iga yaqin bo‘lgan G‘isht zavodi yonidagi 8,0 gektar yer maydoni ajratib berish lozim topilsin deb, 5-bandida “Ushbu qarorni tasdig‘ini Namangan tumani hokimligidan so‘ralsin” deb ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan Qonunning 6-moddasida Hokimiyat tuman idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilangan bo‘lib, bitta yer egasiga va bitta yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha maydonda yer ajratish belgilangan.

Biroq, sobiq “Ijodkor” agrofirmasi vakillarining 1994 yil 6 martdagi 2-sonli vakillar yig‘ilishi qarori Namangan tumani hokimi tomonidan tasdiqlanganligi yuzasidan xujjat mavjud emasligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2015 yil 4 dekabrdagi SQ-73-III-son qaroriga asosan Namangan shahri kengayishi munosabati bilan shahar ma’muriy chegarasiga o‘zgartirish kiritilib Namangan tumanidagi ushbu yerlar Namangan shahriga o‘tkazilgan.

2. Videorolikda 1994 yilda qabriston uchun ajratilgan 8 gektar yer maydoni 2,5 gektar bo‘lib qolganligi bo‘yicha.

Namangan tumani hokimining 2011 yil 8 iyuldagi 401-sonli qaroriga asosan Namangan tumani “Obodonlashtirish boshqarmasi”ga “Xurmatxon aya” qabristoni uchun 0, 50 gektar yer maydoni ajratib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2015 yil 4 dekabrdagi SQ-73-III-son qaroriga asosan Namangan shahri kengayishi munosabati bilan shahar ma’muriy chegarasiga Namangan tumanidan yer maydoni qo‘shilgan bo‘lib, shu jumladan Ijodkor massivi hududidagi “Xurmatxon aya” qabristoni Namangan shahri ma’muriy chegarasiga qo‘shilgan.

“Xurmatxon aya” qabristoni uchun tuman hokimining 2011 yil 8 iyuldagi 401-sonli qarori bilan 0, 50 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lsada, 2018 yilda fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha qabriston egallagan yer maydoni qayta o‘lchov natijasida 2,5 gektar ekanligi, yoki qarorga nisbatan 2,0 gektar yer maydoni tegishli xujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qabriston tashkil etish uchun devor to‘siq bilan o‘rab olinganligi ma’lum bo‘ldi.

Namangan shahar hokimining 2018 yil 10 avgustdagi 1157-sonli qaroriga asosan “Xurmatxon aya” qabristoni egallagan 2,5 gektar yer maydoniga nisbatan foydalanish huquqi belgilangan va viloyat “Yormulkkadastr” DK tomonidan 10.09.2018 yildagi 2594-son kadastr yig‘ma jildiga asosan qabriston yer maydoni 2,5 gektarni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

3. Videorolikda qabriston uchun ajratilgan 8 gektar yer maydonidan tadbirkorlik faoliyat uchun yer maydonlari ajratilishi bo‘yicha.

- “Ijodkor” massivi, 118, 119-konturdagi 8,6 gektar yer maydonlari quyidagicha taqsimlangan:

- “Xurmatxon aya” qabristoni uchun -2,5 gektar;

-“SAMO PLYUS TA’MIR” MCHJga “Savdo va sanoat muzlatgichlarini ishlab chiqarish zavodi” qurish uchun -1,5 gektar;

- “GRAND PLAST TRADE” MCHJga “Akfa romlari va tekstil maxsulotlari ishlab chiqarish korxonasi” qurilishi uchun -1,01 gektar;

- fuqaro X. Olimov bog‘ tashkil etish uchun -1,23 gektar.

“Xurmatxon aya” qabristoni bugunki kunda jami 2,52 gektarni tashkil etib, shundan 0,50 gektar qismida qabrlar, 1,98 gektar maydoni bo‘sh turganligi, 0,04 gektar qismi qoravulxona binosi bilan band ekanligi aniqlandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan qabriston

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made