“Sport” telekanali yirik futbol turniri namoyish huquqini sotib oldi

Sport

image

Yoz faslida futbol ixlosmandlarining diqqat-e’tibori okean orti terma jamolari o‘rtasidagi muhim turnir “Sopa Amerika – 2019” ga qaratiladi.

Asosan, Janubiy Amerika terma jamoalari ishtirok etadigan bu musobaqaga bu yil Braziliya davlati mezbonlik qiladi. Shuningdek, ushbu turnirga Osiyo qit’asidan Yaponiya va amaldagi Osiyo chempionlari – Qatar terma jamoasi futbolchilari ham ishtirok etishadi.

“Sopa Amerika” musobaqasini o‘zbekistonlik futbol ixlosmandlari har doim katta qiziqish bilan kuzatib boradilar. Buni inobatga olgan holda, MTRKga qarashli “Sport” telekanali ushbu musobaqani O‘zbekiston hududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi va endi o‘zbek muxlislari yozda yevromavsum tugagach, ana shu futbol turnirini ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

“Sport” telekanali direktori Zohid Karimov o‘zining tvitter sahifasida yozishicha, telekanalda nafaqat futbol uchrashuvlaridan tayyorlangan translyatsiyalar, balki uchrashuvlarning qiziqarli holatlarini o‘zida mujassam etgan “kundalik” shaklidagi ko‘rsatuvlar ham namoyish etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sopa Amerika – 2019

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar