Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ayrim qonun hujjatlariga kiritiladigan tuzatishlar imzolandi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Soliq kodeksining alohida normalariga o‘zgartirishlar kiritildi:

1) SKning 344-moddasi 2-qismida mablag‘larni depozitga joylashtirishidan foizlar nazarda tutilganligi aniqlashtirildi. Binobarin, ushbu norma boshqa turdagi foizlarga tatbiq etilmaydi. Ya’ni mamlakatning soliq rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan notijorat va byudjet tashkilotlariga depozitga mablag‘larni joylashtirishdan to‘lanadigan foizlarga:

to‘lov manbaida 15 foizlik stavka bo‘yicha foyda solig‘i solinadi;
bunday daromad oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanishi lozim;

2) jismoniy shaxsning jami daromadini aniqlash tartibiga tuzatishlar kiritildi:

a) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) bo‘yicha daromadi jami daromadga kiritiladi. Davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, ilgarigidek, jami daromadga qo‘shilmaydi;

b) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamg‘armalari va Prezidentning qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatilgan yordam soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:

•    ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar;
•    davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
•    jismoniy shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;
•    xayriya maqsadida boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlash (bundan pul shaklida qo‘llab-quvvatlash mustasno);

3) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamg‘armalari tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablag‘lari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida 15 mln so‘mdan oshmagan holda ko‘rsatilganda, ular soliq (JSHDS) solishdan ozod etiladi.

Bu – muhim! 2 va 3-bandlardagi qoidalar orqaga qaytish kuchiga ega – ular 2020 yil 1 apreldan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.

Tahririyatdan: bir qator hujjatlarga tuzatishlar kiritildi, ular ilgari qabul qilingan hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirishga qaratilgan, shu jumladan:

a) yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga (YAIT va YAESni bekor qilish, sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditini joriy qilishga doir);

b) Prezidentning:

2018 yil 27 iyuldagi «Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5490-son Farmoni bilan (tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlarni tayinlash va o‘tkazishning umumiy jihatlariga doir);

2019 yil 15 martdagi «Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tbdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5690-son Farmoni bilan (tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni biznes-ombudsman tomonidan muvofiqlashtirishga doir) tuzatishlar kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq kodeksi

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made