Narkodispanser hisobida turgan o‘zbekistonliklar soni oshkor qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga 6 mingga yaqin odam narkodispanser hisobida turadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomov “Yuksalish” umummilliy harakatida o‘tgan jamoatchilik muloqotida ma’lum qildi.

G‘ulomov giyohvandlik muammosi dunyoning hech bir davlatini chetlab o‘tmaganini ayta turib, O‘zbekistonda 2019 yilda narkotik vositalari bilan bog‘liq 5 mingdan ortiq jinoyat yuz berganini ta’kidladi.

“2019 yil yakunida respublikamizda 5 mingdan ortiq narkotik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan. 1 tonna 200 kg atrofida narkotik vositalar musodara qilingan. Narko dispanserda hisobda turganlar esa 5 698 nafarni tashkil etgan”, deydi Shuhrat G‘ulomov.

G‘ulomov so‘zida davom etib, Afg‘onistonda yetishtirilgan narkotik moddalar O‘zbekiston orqali ham tranzit qilinganini qo‘shimcha qildi.

“Tan olish kerak, butun dunyo hamjamiyatida giyohvandlik, narko jinoyat bilan bog‘liq muammolar juda ko‘p. Bu muammolarga duch kelmagan davlat ham bo‘lmasa kerak — ba’zilari yetishtirsa, ba’zilari yetkazib beradi. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh ekanligi, qo‘shni mamlakatda giyohvand moddalar ishlab chiqarilishi to‘xtamayotgani salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmayapti. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Afg‘onistonda rekord darajada, ya’ni 9 000 tonna opiy yetishtirilgan. Ularning asosiy qismi tranzit yo‘llar orqali, jumladan O‘zbekistondan ham olib o‘tilgan. Bu esa tranzit davlatlarga tashvish keltirgan”, deydi Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi vakili.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat G'ulomov giyohvandlik

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing