O‘zbekistonda “Keksalar haftaligi” belgilandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra:

•    vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarida rahbar o‘rinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari uchun mas’ul etib belgilanadi va “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi;

•    mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo‘lgan mehnat faxriylarini taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini o‘tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida keksa avlod vakillarining respublika bo‘ylab tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtiriladi.

Qaror bilan, shuningdek, “Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlandi.

Ushbu guruhlarning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Keksalar kuni

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar